Xitoy O‘zbekistonga ikkinchi yordamni jo‘natdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Xitoyning ikkinchi marta yuborgan insonparvarlik yukining bir qismi yetib keldi. Bu haqda O‘zbekistondagi Xitoy elchixonasi ma’lum qildi.

Bugun, 29 aprel kuni Toshkent shahrining xalqaro aeroportiga bortida Xitoy hukumati yuborgan insonparvarlik yuklari bo‘lgan samolyot kelib qo‘ndi.

Qayd etilishicha, yuklarning qolgan qismi (100 mingta test-tizim, 50 mingta tibbiyot himoya kiyimlari, 150 mingta KN95 tibbiyot niqoblari, 1 millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari, 150 mingta tibbiyot qo‘lqoplari va 1000 dona masofaviy termometr) ham tez orada tayyorlanadi va O‘zbekistonga yetkaziladi.

Ma’lumot uchun Xitoy davlati mart oyi oxirida O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 20 tonnalik insonparvarlik yordami yuborgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha O‘zbekistonga BAAAQSHOzarbayjon va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti koronavirusga qarshi kurash uchun yordam jo‘natgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing