Bugundan yangi davr boshlanadi – Xavi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyat (0:3) va jamoa Yevropa ligasiga tushib ketganidan keyingi vaziyat haqida fikr bildirdi.

“Men asabiy holatda ekanim haqiqat va bu meni g‘azablantiradi. Boshqa hech narsa qilish mumkin emas. Bugundan yangi davr boshlanadi. Biz barchasini noldan boshlaymiz”, deydi Xavi.

Eslatib ўтамиз, kechagi uchrashuvda Tomas Myuller (34-daqiqada), Leroy Sane (43) va Jamal Musiala (62) “ko‘k-anorranglilar” darvozasini ishg‘ol etdi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” 2003/04 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ishtirokchilari qatoriga kirmadi. O‘sha mavsumda jamoa Yevropaning asosiy klub turnirida umuman ishtirok etmagan. O‘shandan beri “Barselona” 4 marta Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi hamda uch bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona EChL Evropa ligasi Bavariya

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing