Bugun yerliklar “Moviy oy” hodisasiga guvoh bo‘ladi
Bu qiziq
−
30 avgust 2023
20358Joriy yilning 30 avgustdan 31 avgustga o‘tar kechasi dunyo aholisi “Moviy oy” deb ataladigan juda kam uchraydigan hodisaga guvoh bo‘ladi. Bu haqda Moskva planetariysi xabar berdi.
Qayd etilishicha, odatda har bir oyda faqat bir marta to‘lin oy hodisasi kuzatiladi, ammo 2023 yil avgusti bundan mustasno, ya’ni ushbu oyda sayyoraning tabiiy yo‘ldoshi ikki marta to‘lin bo‘ladi. Birinchi oy 2023 yil 1 avgust tunida to‘lgan bo‘lsa, ikkinchisini bugun, 31 avgustga o‘tar kechasi soat 04:37 da ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, o‘sha vaqtda Oy Yerga nisbatan eng yaqin nuqtasida, 357 344 kilometr masofada joylashganida “Superoy” deb ataladigan hodisa ham sodir bo‘ladi. Oyning Yerga maksimal yaqinlashishi bugun, 30 avgust kuni kuzatilmoqda, ushbu tartib tufayli to‘lin oy yanayam yorqinroq va kattaroq ko‘rinadi.
“Biz kamdan kam kuzatiladigan hodisaning guvohiga aylanamiz, ya’ni “Moviy superoy” – 2023 yildagi eng katta to‘lin oy, yo‘ldosh fazasining oy orbitasi perigeiyasi bilan eng yaqin mos kelishi sodir bo‘ladi. Bu hodisalar o‘rtasidagi farq 9 soat 45 daqiqani tashkil qiladi”, deb tushuntiradi Moskva planetariysi mutaxassislari.
“Moviy oy” atamasi XIX asrda paydo bo‘lgan. Nomiga qaramay, bu hodisani Oyning rangi bilan hech qanday aloqasi yo‘q, aslida u ko‘k rangga kirmaydi. G‘ayrioddiy nom “bir marta ko‘k oy ostida” iborasi bilan bog‘liq bo‘lib, juda kam uchraydigan hodisa haqida shunday deyilgan.
Bu hodisaning o‘zi 29-yarim kunlik Oy siklining davomiyligi va kalendar oyining 30-31 kunga teng bo‘lgan farqi tufayli yuzaga keladi. “Moviy oy”ni taxminan har ikki yarim yilda bir marta kuzatish mumkin. Demak, keyingi “Moviy oy” hodisasi 2026 yil mayda sodir bo‘ladi.
LiveBarchasi