Bugun o‘zbekistonlik uch sportchi Olimpiada medalini naqd qilishi mumkin
Sport
−
03 avgust
13130Bugun, 3 avgust kuni Parij Olimpiadasining navbatdagi kun bellashuvlarida 5 nafar O‘zbekiston vakili bahslarga kirishadi.
Bokschilardan Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev chorak final bahslarida qatnashadi. Mazkur bosqichdagi g‘alaba esa har ikki bokschiga kamida Olimpiadaning bronza medalini keltiradi. Ayollardan esa Navbahor Hamidova yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.
Akademik eshkash eshishda Anna Prakaten “B” finalda qatnashib, musobaqadagi o‘z o‘rnini aniqlab oladi.
Velosportchi Nikita Svetkov ham bugundan Olimpiadadagi yurishini boshlaydi.
Dzyudo bahslarining jamoaviy dasturida o‘zbekistonlik sportchilar Kanada vakillariga qarshi tatamiga chiqadi.
LiveBarchasi