Bugun O‘zbekistonda sog‘ayganlar 85 nafarni tashkil etdi

Jamiyat

image
Ayni damda karantinda saqlanayotganlar haqida ma’lumot berildi north_east

Ayni damda karantinda saqlanayotganlar haqida ma’lumot berildi

Namangan, Andijon va Samarqand viloyatida jami 29 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 22 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugun Namangan viloyatida yana 9, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 29 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 12 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 10 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 11 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Surxondaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 1 nafardan Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida COVID-19 dan forig‘ bo‘lganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi. Bugun O‘zbekistonda 85 nafar fuqaro tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2492 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 3006 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing