Ayni damda karantinda saqlanayotganlar haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
22 may 2020
7854Hozirda O‘zbekiston hududida 44 455 fuqaro karantinda saqlanmoqda. Bu kechagi ko‘rsatkichdan deyarli 600 nafarga kam hisoblanadi. Bu haqda bugun, 22 may kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov brifing davomida ma’lum qildi.
“Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 44 455 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda“, deydi Botirjon Qurbonov.
Tibbiy nazoratga olinganlardan:
26 009 nafar fuqaro – uy sharoitida,
18 446 nafar fuqaro – statsionar sharoitda saqlanmoqda.
Qayd etish kerak, statsionar sharoitda karantinda saqlanayotganlar kechagidan ko‘ra qariyb ming nafarga ko‘paygan. Uyda saqlanayotganlar esa, aksincha, kamaygan.
Shuningdek, bir sutka davomida 11,1 ming nafar fuqarodan koronavirus uchun test olingan. Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda hozirga qadar jami 551 mingga yaqin test sinovlari o‘tkazilgan.
LiveBarchasi