Bugun O‘zbekistonda 471 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2020 5676 1 daqiqa
Bugun, 30 sentyabr kuni O‘zbekistonda 471 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 470 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Jizzax, Andijon, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 487 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 56 825 nafar bemordan 53 457 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2898 nafar bemordan 563 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel