Bugun O‘zbekiston Falastin bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun kurashdagi ilk o‘yinini o‘tkazadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilar Ramalloh shahrida Falastin terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Kecha har ikkala jamoa bosh murabbiylari va bir nafardan futbolchi ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bugungi bahsda O‘zbekiston oq, Falastin esa qizil rangli formada o‘ynaydi.

Uchrashuvni xitoylik Fu Ming boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.

Kecha shuningdek ikkala jamoa o‘yin bo‘lib o‘tadigan stadionda rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing