Bugun O‘zbekiston uchun yana bir muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi
Sport
−
20 mart
3789Bugun, 20 mart kuni Jahon chempionati-2026 Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi 7-turi doirasida bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Avstraliya-Indoneziya, Yaponiya-Bahrayn, Janubiya Koreya-Ummon, Eron-BAA, O‘zbekiston-Qirg‘iziston, Qatar-Shimoliy Koreya, Iroq-Quvayt, Saudiya Arabistoni-Xitoy, Iordaniya-Falastin o‘yinlari bugungi kun tartibidan o‘rin olgan.
O‘zbekistonlik futbol ixlosmandlari uchun eng muhim ikkita o‘yin bor. Bular birinchi navbatda O‘zbekiston-Qirg‘iziston va Eron-BAA o‘rtasidagi bahslar.
Biroz oldin O‘zbekiston-Qirg‘iziston bahsiga to‘xtalgan edik. Endi yana bir muhim o‘yin Eron-BAAga to‘xtalamiz. Mazkur bahsda eronliklar g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ochkolar sonini 19 taga yetkazib oladi va 25 martdagi O‘zbekistonga qarshi durang natija ham Eronni muddatidan avval mundialga olib chiqadi. BAAning mag‘lubiyati O‘zbekiston uchun ayni muddao bo‘ladi. Chunki agar O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etsa, Eron ham BAAni mag‘lub etadigan bo‘lsa, amirliklar bilan ochkolar farqi 6 tani tashkil etadi. Bu esa O‘zbekiston termasining Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini ancha oshiradi.
Eron va BAA terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun, 20 mart kuni Tehronda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Ya’ni O‘zbekiston-Qirg‘iziston bahsi bilan bir vaqtda start oladi.
LiveBarchasi