Bugun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi JCH yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi
Sport
−
06 aprel
13999Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogining ikkinchi turi doirasida bugun, 6 aprel kuni O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy termasiga qarshi maydonga tushadi.
Musobaqada “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi dastlabki turda Tailandni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Xitoy esa mezbon Saudiya Arabistoniga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Qayd etish joiz, Islom Ismoilov qo‘l ostidagi jamoa agar 2-turda g‘alaba qozonsa, Jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qilgan bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur qit’a birinchiligi shu yil Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga yo‘llanma berishi bilan ham qatnashchi jamoalar uchun juda muhim sanaladi. Musobaqada chorak finalga chiqqan barcha jamoalar kichik mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi, bu degani guruhda 1 yoki 2-o‘rin jamoalarga JCH yo‘llanmasini kafolatlaydi.
Ushbu o‘yin bugun, 6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



