Bugun Toshkentning ikki tumanida “svet” o‘chadi

Jamiyat

image

Bugun, 21 avgust kuni poytaxt Toshkentning ikki tumanidagi ayrim hududlar elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi

Aytilishicha, bugun iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yakkasaroy tumani: “Boshliq' MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Oltintepa” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.

Shuningdek, xabarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raygan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing