Rossiyada yana bir yuqori martabali amaldor koronavirusga chalindi

Olam

image

Rossiya Qurilish vazirligi rahbari Vladimir Yakushev va uning o‘rinbosari Dmitriy Volkov koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati.

“Davolanishni shahar kasalxonalaridan birida, shifokorlar nazorati ostida o‘tkazaman. Men aloqada bo‘lib turaman”, degan Yakushev.

Vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Yakushev va Volkovning tashxisi kompyuter tomografiyasi bilan tasdiqlangan.

Qurilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyining oxiridan boshlab vazirlik xodimlarining 80 foizdan ko‘prog‘i masofadan ishlashga o‘tgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yakushev 2018 yil may oyida Qurilish va uy-joylar vaziri etib tayinlandi. U 2013 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Mixail Mening o‘rnini egalladi.

Avvalroq, Rossiya Bosh vazir Mixail Mishustinda koronavirus aniqlangani, hukumat rahbari bu haqda Prezident Vladimir Putinga ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus infeksiyasidan 114 431 nafar shaxs zararlandi. Bemorlardan 13 220 nafari sog‘ayib ketgan bo‘lsa, 1169 nafari hayotdan ko‘z yumdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing