Bugun Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi

Sport

image

2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar Qatarda futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Bugun, 11 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da musobaqaning qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Jamoalar FIFA reytingi asosida 4 ta savatchaga ajratilgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-savatchadan o‘rin oldi. O‘zbekistondan tashqari 2-savatchadan Iroq, BAA, Ummon, Xitoy va Iordaniya terma jamoalari joy olgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Srechko Katanets shogirdlari guruh bosqichida yuqorida nomlari keltirilgan termalar bilan to‘qnash kelmaydi. 

Qayd etish joiz, dastlab Osiyo kubogi bahslari 2023 yilning iyun va iyul oylarida Xitoyda o‘tishi rejalashtirilgandi, biroq pandemiya sabab mamlakat turnir mezbonligidan voz kechdi. OFK esa musobaqa mezbonligini JCH-2022 ni o‘zida qabul qilgan Qatar davlatiga topshirdi.

1-savatcha:

  • Qatar (musobaqa mezboni);
  • Yaponiya;
  • Eron;
  • Janubiy Koreya;
  • Avstraliya;
  • Saudiya Arabistoni.

2-savatcha:

  • Iroq;
  • BAA;
  • Ummon;
  • O‘zbekiston;
  • Xitoy;
  • Iordaniya.

3-savatcha:

  • Bahrayn;
  • Suriya;
  • Falastin;
  • Vetnam;
  • Qirg‘iz Respublikasi;
  • Livan.

4-savatcha:

  • Hindiston;
  • Tojikiston;
  • Tailand;
  • Malayziya;
  • Gonkong;
  • Indoneziya.

Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi Qatar qur'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing