Bugun Layloxon Sobirova Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashga kirishadi
Sport
−
19 Sentabr 2023
5142Ayni kunlarda Serbiyaning Belgrad shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 19 sentyabr kuni 3 nafar O‘zbekiston vakili turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda 50 kg da Jasmina Immayeva, 57 kg da Layloxon Sobirova va 76 kg da Svetlana Oqnazarova sovrinli o‘rinlar uchun gilamga chiqadi. Sobirova ishtirokini 1/16 finaldan boshlasa, Immayeva va Oqnazarova kvalifikatsion bosqichdan bahsga kirishadi.
Erkaklar o‘rtasida esa 38 yoshli o‘zbekistonlik Magomed Ibragimov bronza medali uchun o‘tish bahsida ishtirok etadi. O‘tish bellashuvida unga kosta-rikalik Maksvell Lemar raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati bahslari 24 sentyabrga qadar davom etadi. Musobaqa sportchilarga Parij-2024 Olimpiadasi uchun yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
LiveBarchasi