Bugun o‘zbekistonlik kurashchilar Olimpiada yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi
Sport
−
19 aprel
3105Bugun, 19 aprel kuni Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha Osiyo qit’asi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa start oladi.
Dasturga ko‘ra, birinchi kun doirasida erkin kurash ustalari o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi. Kun dasturida Olimpiada yo‘llanmalari uchun 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi gilamga chiqadi.
Ro‘yxat:
-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev – Kabe Matnjanov (Turkmaniston);
-65 kg: Umidjon Jalolov – Sujit Kalkal (Hindiston);
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov – Magomed Yevloyev (Tojikiston);
-97 kg: Magomed Ibragimov – Ganbatarin Ganxuyag (Mo‘g‘uliston) ;
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Omar Sarem (Suriya).