Abdurahmonov xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi
Sport
−
29 yanvar
4047Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Abdurahmonov Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ivan Yarigin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yarim finalda rossiyalik David Bayevga mag‘lubiyatga uchragan Abdurahmonov, 3-o‘rin uchun kechgan bahsda yana bir mezbon sportchi Israil Kasumovdan ustun keldi.
O‘zbekiston vakillaridan G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) va Sardor Ro‘zimov (-61 kg) ham shohsupaning 3-pog‘onasidan joy oldi.
Shuningdek, turnir yakunlariga ko‘ra, Abdurahmonov “Eng yaxshi xorijlik sportchi” deb topilib, 250 ming rubl (34,5 million so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlandi.