Bekzod Abdurahmonov ham Olimpiadada ishtirok etadigan bo‘ldi
Sport
−
19 aprel
2976Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov yana bir bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Abdurahmonov Qirg‘izistonda o‘tayotgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 Olimpiadasining qatnashchilari orasidan joy oldi. Bu bilan Abdurahmonov faoliyatida uchinchi bor 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma olmoqda.
Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasi uchun yo‘llanmalari soni 28 tani tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir o‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev to‘rt yillikning eng yirik sport turniriga litsenziyaga ega chiqqani xabar qilingandi.