Bugun koronavirusga chalinganlar soni 207 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekistonda 207 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 179 nafari Karantin muassasalarida, 19 nafari aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari Surxondaryo hamda yana 1 nafari Xorazm viloyatida), qolgan 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

Kun davomida 17 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6153 nafar bemordan 4290 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda mamlakatning o‘nta xududidagi shifoxonalarida davolanayotgan 1844 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 37 812 nafar, statsionar karantinda esa 23 015 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing