Bugun koronavirusga chalinganlar 492 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
25 iyul 2020
11183Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekistonda 492 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida, Jizzax, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida, Toshkent shahri, Andijon, Sirdaryo, Navoiy, Namangan hamda Surxondaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 323 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 19 360 nafar bemordan 10 472 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 782 nafar bemordan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 67 298 nafar, statsionar karantinda esa 25 802 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi