Bugun butun Rossiyada ogohlantiruvchi sirenalar yangraydi

Olam

image

Bugun, 2 oktyabr kuni butun Rossiya bo‘ylab fuqaro muhofazasi bo‘yicha mashg‘ulot doirasida ogohlantiruvchi sirena yoqiladi. Xavf signali faqatgina poytaxt Moskvada ishga tushirilmaydi. Bu haqda TASS Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

“2 oktyabrda elektrosirea va ovoz kuchaytirgichlarni yoqish rejalashtirilgan. Uskunalarni yoqishning aniq vaqti hudud rahbarlari tomonidan belgilanadi”, deyilgan xabarda.

Ogohlantirish tizimining sozligi butun Rossiyada fuqaro muhofazasi mashg‘ulotlari doirasida sinovdan o‘tkaziladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi sirenalar yoqilishi reja doirasida bo‘lib, fuqarolardan xotirjamlikni saqlashni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, mashg‘ulot erta tongdan Uzoq Sharq mintaqasidan boshlangan. Har bir mintaqada o‘ziga xos bo‘lgan tabiiy ofatga qarshi turish bo‘yicha tayyorgarlik o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya favqulodda holat

Baholaganlar

2549

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing