Bugun barcha metan “zapravka”lar ishlaydi

Olam

image

Bugun, 22 dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika bo‘yicha barcha metan “zapravka”lar odatdagi rejimda faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar ortidan ayrim chalkashliklar kelib chiqdi. Xususan, ba’zilar ushbu rejimni bugundan boshlab, deya talqin qilmoqda. QALAMPIR.UZ izoh olish maqsadida Energetika vazirligi matbuot kotibi Dildora Hoshimova bilan bog‘landi. Vazirlik vakiliga ko‘ra, rejim faqatgina bugun uchun amal qiladi. 

Qayd etish joiz, avvalroq, O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar faoliyati cheklanishi boshlangani ma’lum qilingan edi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi 78 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati tongi soat 06:00 dan kechki soat 23:00 gacha bo‘ladi. Jamoat transportining uzluksiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida 21 ta AGTKSH tungi vaqtda ham ish faoliyatini davom ettiradi va jamoat transportini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing