Bugun ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tariladi
Bu qiziq
−
29 Iyul 5266 1 daqiqa
Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanishi, shuningdek, oyning ilk kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, keyinchalik esa 3–5 darajaga pasayishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi
Ziroat Mirziyoyeva Samarqandga boradi
20 Oktyabr