Bugun ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet bugun, 14 sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33 daraja bo‘ladi.

Shu bilan birga, poytaxtda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-33 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, kunduz kuni Buxoro, Navoiy viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 9-14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing