Diqqat! Toshkentda chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda

Jamiyat

−

image

Bugun, 4 oktyabr kuni yomg‘irdan oldin Toshkent shahrida qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tuzilgan Maxsus komissiya ogohlantirish bilan chiqdi.

Global ob-havo modellari hamda O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, bugun, 4 oktyabr kuni Toshkent shahri hududida nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, shamol tezligi 3–8 m/soniyagacha, ayrim hududlarda esa 10–14 m/soniyagacha kuchayishi ehtimoli mavjud. Kuchaygan shamol ta’sirida ayrim joylarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.

Ushbu jarayonlar natijasida atmosfera havosida chang zarrachalari miqdori, ayniqsa, PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatga ortishi kuzatiladi. Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-30 daraja, ba’zi joylarda 32 darajagacha, kechalari 13-18 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing