Bugun 5 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon bo‘ladi
Bu qiziq
−
08:56 1199 1 daqiqa
Bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida ham shamol tezligi 5-10 m/s ni tashkil etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 sentyabr kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiRonaldu “Al-Nasr” klubini sotib olmoqchi
15 sentabr