Bugun Apple taqdimot o‘tkazadi. Unda iPhone 13 namoyish etiladimi?

Texnologiya

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadi. Bu taqdimotda yangi iPhone  ham taqdim etilishi kutilmoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi taqdimotdagi kabi bu safar ham to‘rtta smartfon namoyish etiladi — iPhone 13 va iPhone 13 Mini hamda iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max.  

Ularning diagonallari oldingilari bilan bir xil bo‘ladi: mos ravishda 6,1 va 5,4 dyuym, 6,1 va 6,7 dyuym. Orqa tomonda kamera bloki ko‘proq joy egallashi kutilmoqda. 

Ekranlarning muhim xususiyatga (ko‘rish chastotasi 60 dan 120 Gs gacha) ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu shuni anglatadiki, tasvir sekundiga 120 marta o‘zgaradi va silliqroq ko‘rinadi, bu ayniqsa o‘yin va videoda seziladi. 

iPhone 13 va iPhone 13 Mini’da kamera ikkita, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max’da uchta bo‘lishi aytilmoqda. 

Biroq, iPhone 13 qatorining har bir modelida aynan nima o‘zgarishi noma’lum. Buning uchun taqdimotni kutgan afzal. 

Narxlar borasida esa aniqlik yo‘q. Ba’zi manbalarga ko‘ra, ular o‘tgan yilgi kabi bo‘ladi. 

Bugun, shuningdek Watch 7 soatlarining ham taqdimoti o‘tkaziladi. Yangi Apple soatlari haqidagi mish-mishlar iPhone’ga qaraganda ancha kam. 

Eng qiziq mish-mishlar ularda qondagi qand miqdorini o‘lchash sensori bo‘lishiga borib taqaladi. Lekin, oxirgi paytlarda u baribir mavjud bo‘lmaydi degan gaplar tarqalgan. Yangi mahsulotlarning narxi haqida esa hech narsa ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing