Bugun 598 kishi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 22 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 857 nafarni tashkil etmoqda. Bugun kun davomida mamlakatda 598 holatda kasallik qayd etildi.

Kun oxirida 172 kishida: Toshkent viloyatida – 103, Toshkent shahrida – 69 kishida koronavirus aniqlandi. 

Bugun Toshkent shahrida 323 nafar, Toshkent viloyatida 131 nafar, Namangan viloyatida 84 nafar, Samarqand viloyatida 25 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 49 224 (+618) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

SSV bugun 4 kishining koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Ammo ular qayerda vafot etgan, necha yoshda, ayolmi yo erkak noma’lum. Negaki vazirlik ikki kundirki, bunday ma’lumotlarni bermay qo‘ydi.

Hozirda mamlakatda 3 191 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing