Bugun Husanov va “Manchester Siti” “Arsenal” mehmoni bo‘ladi

Sport

image

Angliya Premer ligasi 24-turi doirasida markaziy uchrashuvda “Arsenal” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.  Chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa o‘zaro kuch sinashadi.

Turnir jadvalida 47 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinda kelayotgan Mikel Arteta shogirdlari “Liverpul” bilan oradagi farqni yana kattalashtirmaslik yo‘lida 41 ochko bilan 4-o‘rinni qayd etib kelayotgan “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Ikkala jamoa ham bu o‘yinga tarkibda bir qancha yo‘qotishlar bilan kelmoqda. “Arsenal”da, Jezus va Saka. “Manchester Siti”da Ake, Diash, Rodri, Doku kabilar maydonga tusha olmaydi.

Ushbu bahsda “shaharliklar”asosiy tarkibida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bo‘lishi ehtimoli katta. Chunki Diash va Ake jarohat olgan.

O‘yin oldidan taxminiy tarkiblar:

“Arsenal”: Rayya, Saliba, Gabriyel, Timber, Kalafori, Parti, Rays, Nvaneri, Martinelli, Trossard, Xavers.

“Manchester Siti”: Ederson, Husanov, Akanji, Gvardiol, Stounz, Kovachich, Savino, Marmush, De Bryuyne, Foden, Xoland.

Ma’lumot o‘rnida, “Arsenal” - “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahs 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Manchester Siti Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing