Bu yilgi Haj mavsumida qancha kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

2024 yilgi Haj mavsumida 1301 nafar ziyoratchi vafot etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdul Rahmon al-Jalajel ma’lum qildi.

Vazir marhumlarning Makkada dafn etilishini bildirgan. Haj ziyoratiga borganlarning 83 foizida tegishli viza bo‘lmagan. Viza esa tashrif buyuruvchilarga konditsionerdan foydalanish imkonini beradi.

“Haj vaqtida halok bo‘lganlar soni 1301 nafarni tashkil etdi, ularning 83 foizida tegishli viza bo‘lmagan. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida uzoq masofani bosib o‘tib, boshpana va yaxshi qulayliklarga ega bo‘lmagan. Vafot etganlar orasida bir qancha keksa va surunkali kasallar ham qayd etilgan”, deydi vazir.

Qayd etilishicha, ayni paytda 95 nafar ziyoratchi mamlakat shifoxonalarida davolanmoqda, ularning bir qismi Ar-Riyod shahriga olib ketilgan. O‘lganlarning shaxsini aniqlash jarayoni kechiktirilganiga ko‘pchilikda hujjatlarning yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri barcha ma’lumotlar yig‘ilib, marhumlarning oila a’zolariga xabar berilgani va identifikatsiya qilish jarayoni tugallangani, dastlabki shaxsiy ma’lumotlar yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligiga qaramay, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar bilan shaxsni aniqlash, dafn etish va hurmat bajo keltirish uchun tegishli ishlar olib borilganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda 1,83 millionga yaqin ziyoratchi Haj ziyoratini ado etgan bo‘lsa, shundan 1,6 million nafari xorijliklardir. 2023 yilgi Haj vaqtida kamida 240 kishi halok bo‘lgan edi. 10 ming nafar ziyoratchi esa jazirama tufayli kasallikka duch kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj ziyorat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing