Bu yil bitiruvchilarga qancha medal topshirildi?

Jamiyat

image

2018-2019 o‘quv yili natijasiga ko‘ra respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jami 4990 nafar o‘quvchilari oltin va kumush medal bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Shundan 2524 nafar o‘quvchi oltin, 2466 nafari esa kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida” nizomni tasdiqlagan edi.

Nizomga ko‘ra, oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflari hamda akademik litseyda barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat, chorak, yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli, shuningdek, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga berilishi belgilangan.

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida yoki akademik litseyda barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

2018-2019 o‘quv yili 9691 maktabda jami 5,8 million nafar o‘quvchi ta’lim oldi. Ulardan 279,78 ming nafar o‘quvchilar 11-sinfni bitirdi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin medal' kumush medal' bitiruvchi XTV

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing