Markaziy osiyolik sportchining oltin medali poyabzal sabab bekor qilindi

Sport

−

image

Qozog‘istonlik yengil atletikachi Yasmina To‘qsonboyevaning 2026 yilgi Osiyo o‘yinlarida 42,195 kilometrlik sportcha yurish marafonidagi g‘olibligi raqiblarining protesti ortidan bekor qilindi. Bu haqda bugun, 28 sentyabr kuni sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

To‘qsonboyeva musobaqani 3 soat 22 daqiqa 20 soniya natija bilan birinchi bo‘lib yakunlagan va Qozog‘iston terma jamoasiga to‘qqizinchi oltin medalni olib kelishi kerak edi. Biroq masofani bosib o‘tganidan so‘ng qozog‘istonlik sportchining natijasi bo‘yicha protest berilgan. Musobaqa bayonnomasida uning natijasi qarshisida “Protested” belgisi paydo bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, raqiblar To‘qsonboyeva kiygan ASICS krossovka modeli World Athletics’ning rasmiy ruxsat etilgan poyabzallar ro‘yxatiga mos kelish-kelmasligini bahs ostiga qo‘ygan.

Shu tariqa, sportchining natijasi bekor qilinib, Qozog‘iston terma jamoasi uning hisobiga yozilishi kerak bo‘lgan oltin medaldan mahrum bo‘lgan. To‘qsonboyeva esa yakuniy qarordan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda, hatto undan oltin medal olib qo‘yilgan taqdirda ham, qaytib kelib, uni yana qo‘lga kiritishini aytgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing