Bu yil 1-sinfga tarixdagi eng ko‘p o‘quvchilar qabuli kutilmoqda
Jamiyat
−
16 avgust 2023
7356Joriy yilda O‘zbekistonda maktablarga 730 ming nafar 1-sinf o‘quvchilari qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Xalqaro press klubning yangi o‘quv yili bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sessiyasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil tarixda ilk marotaba maktablarning 1-sinfiga eng ko‘p – 730 ming nafar o‘quvchi qabul qilinadi. O‘tgan yili bu raqam 707 ming nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchi o‘rni bola soniga qaraganda kamligini aytib o‘tgan. Xususan, bu yil 85 ming o‘quvchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Xususiy va homiylik mablag‘lariga quriladigan maktablar hisobiga bu raqam yana oshishi mumkin.
Bundan tashqari, u 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan Prezident sovg‘alari bu yil yangicha dizayn va yondashuvda ulashilishini ma’lum qilgan. Hozirda sovg‘alarni maktablarga tarqatish jarayoni ketmoqda.
Usmon Sharifxo‘jayevning ma’lum qilishicha, bu yil 3,5 mingdan oshiq kompyuter to‘plami maktablarga yetkaziladi. Har bir to‘plamda 16 ta kompyuter bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi