Mustaqillik bayrami munosabati bilan darslar kechiktiriladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida" 2022 yil 23 dekabrdagi PF-270-son farmoni asosida, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi. 

Ushbu dam kunlari sentyabrning dastlabki 3 kunini o‘z ichiga oladi:

1 sentyabr – juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentyabr – shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni); 
3 sentyabr – yakshanba (dam olish kuni).

Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida dars jarayonlari 4 sentyabrdan boshlanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ham QALAMPIR.UZ bilan suhbatda darslar dam olish kunidan so‘ng boshlanishini bildirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing