Mustaqillik bizga muqaddas dinimizni qaytarib berdi – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Mustaqillik O‘zbekiston xalqining shon-u sharafi, muqaddas dini, ona tili va unutilayotgan milliy qadriyatlarini qaytarib berdi. Bu haqda bugun, 28 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda so‘z ochdi.

Davlat rahbari 1991 yilda xalqning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidlagan.

Buyuk istiqlol ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analari va qadimiy sivilizatsiya tarixiga borib taqaladi.

Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etilgan.

Sohibqiron Amir Temur barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlangan.

“Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.

Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing