Bu Rossiya uchun muhim masala — Kreml Erdo‘g‘anning harbiy baza haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Olam

image

Avvalroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjonda turk harbiy bazasi ochilishi ehtimolini rad qilmagani haqida xabar bergan edik. Turkiyaning bu kabi bayonoti Kavkazortidagi boshqa bir yirik o‘yinchi Rossiyani e’tiborsiz qoldirmasligi aniq edi.

Bugun, 18 iyun kuni Kreml vakili – Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Erdo‘g‘anning harbiy baza haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. U NATOga a’zo davlatlarning Rossiya chegaralarida harbiy baza ochishini alohida e’tibor qaratish va xavfsizlik choralarini ko‘rish kerak bo‘lgan vaziyat, deb baholadi.

“Biz Kavkazortida vaziyatni barqarorlashtirishda Turkiya Respublikasi bilan hamkorlik qilamiz. Biz Anqara, Baku va Yerevan bilan yaqin aloqadamiz, har qanday qadamlar Kavkazortidagi vaziyatni yanada barqarorlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, logistika, umuman vaziyatni to‘g‘rilashga hissa qo‘shishi kerak va taranglikning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hech qanday elementlarni o‘z ichiga olmasligi kerak”, deydi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an 15-16 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ldi. U Prezident Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazib, o‘tgan yili harbiy harakatlar natijasida ozod qilingan Shushadagi qator ob’ektlar bilan tanishdi.

Ikki davlat rahbari ittifoqchilik to‘g‘risidagi Shusha deklaratsiyasini imzoladi. Endilikda ikki davlat Xavfsizlik kengashlari muntazam ravishda qo‘shma yig‘ilishlar o‘tkazadi va tomonlardan birigi uchinchi davlat tahdid qilgan taqidirda birgalikda javob qaytaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Turkiya harbiy baza

Baholaganlar

470

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing