Bu xalq va davlatni mensimaslik - XDP Ortiqxo‘jayevning gaplariga munosabat bildirdi

Jamiyat

5252525252
“Adolat” SDP Ortiqxo‘jayevga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini talab qildi  north_east

“Adolat” SDP Ortiqxo‘jayevga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini talab qildi 

Ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytilayotgan, jurnalist va blogerlar sha’niga o‘ta keskin fikrlar bildirilgan, sharmanda qilish, hatto, jismonan yo‘q qilish bilan tahdid qilingan audioyozuv keng tarqalmoqda. O‘zbekiston "Xalq" demokratik partiyasi audioga  nisbatan o‘z munosabatini bildirdi. Unda shunday deyiladi:

"Bu holat mamlakatimizdagi barcha OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilikning qattiq munosabati va tanqidiga sabab bo‘ldi.

Davlatimizdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar zudlik bilan ushbu audioyozuv bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borishi, voqea qachon, qayerda, kimlar bilan sodir bo‘lganini aniqlanishi hamda qonunda belgilangan tartibda boshqa choralarni ko‘rishi zarur.

Audioyozuvdagi holat haqiqatda ro‘y bergan bo‘lsa, demokratik islohotlarning eng muhim sharti – so‘z va fikr erkinligiga, jurnalistlarga ochiqdan-ochiq tahdid qilish, “menga hamma narsa mumkin”, deb o‘ylash, avvalo, xalq va davlatni mensimaslik, deb baholanishi kerak.

Xalq demokratik partiyasi kasbi, faoliyat turi, ijtimoiy holatidan qat’i nazar, har bir insonning ustuvor huquqlari to‘liq kafolatlanishi va amalda ta’minlanishi zarur, deb hisoblaydi. Mutasaddi  idoralardan tez orada aniq va rasmiy ma’lumotlarni kutadi".


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev XDP

Baholaganlar

661

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing