Bu dushmanlik – KXDR Bayden siyosatidan norozi

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini Pxenyanga nisbatan dushmanlik siyosatini olib borayotganlikda aybladi. Bunday fikrni KXDR Tashqi ishlar vazirligining AQSH masalalari bo‘yicha direktori Kvon Chon Gun bildirgan.  

Unga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden Pxenyan yadro dasturini jiddiy tahdid sifatida ta’riflagan va bu bilan "katta xatoga yo‘l qo‘ygan". 

Kvon Chon Gunning fikriga ko‘ra, Bayden bu fikri orqali dushmanlik siyosatini davom ettirish niyatini namoyish etgan. 

KXDR Tashqi ishlar vazirligi vakili, shuningdek, AQSH yanada jiddiy, boshqarib bo‘lmaydigan inqirozga uchrashi mumkinligi haqida ogohlantirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Jo Bayden KXDR yadro dasturi global xavfsizlikka jiddiy tahdid solishini ta’kidlagandi. 

Mart oyining o‘rtalarida “Reuters” Amerika Prezidenti ma’muriyatidagi yuqori martabali manbasiga tayanib, Qo‘shma Shtatlar bir oydan ko‘proq vaqt davomida KXDR rahbariyati bilan bog‘lana olmayotganini xabar qilgandi. Agentlikning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Shimoliy Koreya bilan uning yadro dasturi masalasini muhokama qilmoqchiligi ta’kidlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR Bayden

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing