Brunu Fenrandesh Vidichning antirekordini takrorladi

Sport

image

“Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandesh bu mavsumning o‘zida 3 ta qizil kartochka bilan jazolandi va Vidichga tegishli bo‘lgan antirekordni yangiladi.

Kecha, 26 dekbr kuni APL doirasida “mankunianliklar” safarda “Vulverxempton” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. E’tiborlisi, uchrashuv davomida Fernandesh ikki bor sariq kartochka oldi va bu qizilga aylanib, u maydonni tark etdi.

Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi Nemanya Vidichdan keyin bir mavsumda barcha musobaqalarda 3 ta qizil kartochka olgan ilk “qizil iblislar” o‘yinchisi bo‘ldi. Klubning sobiq himoyachisi 2008/09 yilgi mavsumda 3 marta qizil kartochka bilan jazolangandi.

Brunu esa dastlab, 29 sentyabr kuni APL doirasida “Tottenxem” va Yevropa ligasi doirasida 3 oktyabr kuni “Portu”ga qarshi o‘yinlarda mazkur jazoga loyiq ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Brunu Fernandesh Vidich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing