Britaniyaning “AstraZeneca” vaksinasi 70 foiz samaradorlik qayd etdi

Olam

image

Britaniyaning “AstraZeneca” farmatsevtika kompaniyasi tomonidan Oksford mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaksina klinik sinovlarining o‘rtacha samaradorligi 70 foizni tashkil etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Preparatning klinik sinovlarida Birlashgan Qirollik va Braziliyadan 20 ming ko‘ngillilar jalb qilingan. Buyuk Britaniya hukumati ushbu kompaniyadan 100 million dozadagi vaksinani oldindan buyurtma qildi. Bu 50 million aholini emlash uchun yetarli.

“AstraZeneca” kompaniyasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Braziliyada o‘tkazilgan sinov natijalari “AZD1222” vaksinasi COVID-19 ning oldini olishda samarali ekanligidan dalolat beradi. Vaksinani qabul qilgan ko‘ngillilar orasida kasalxonaga yotib qolish yoki kasallikning og‘ir shakllarini boshdan kechirish holatlari kuzatilmagan.

Shuningdek, avvalroq boshqa ishlab chiquvchilar ham o‘z vaksina sinovlarining o‘rtacha tahlillarini e’lon qilgandi. Xususan, Amerikaning “Pfizer” kompaniyasi va Germaniyaning “BioNTech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalar samaradorligi 95 foizga, “Moderna” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalar samaradoligi esa 94,5 foizga baholangan. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasining samaradorligi esa, 92 foizni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021 yilning iyuniga qadar O‘zbekistonda aholining 60 foizgacha bo‘lgan qismini koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.

Keyinchalik, Amerikaning Moderna kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinani sotib olmoqchi bo‘lganlarga har bir doza 25-37 dollardan yetkazib berilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja Turkiya Hukumati mamlakat fuqarolarini koronavirus infeksiyasiga qarshi bepul emlashni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AstraZeneca

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing