Britaniyalik bolalarga “Meri Poppins” filmini ko‘rish taqiqlandi
Madaniyat-san’at
−
28 fevral
6039Britaniyalik taniqli aktrisa Juli Endryus bosh rolni ijro etgan "Meri Poppins" musiqiy filmida irqchilik hamda kamsituvchi so‘zlar mavjudligi sababli namoyish etish taqiqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, Filmlarni tasniflash bo‘yicha Britaniya kengashi (BBFC) ushbu kartinada yuzlari kul bilan qoplangan mo‘ri tozalovchi bosh qahramonga nisbatan “Hottentots”– tarixan yevropaliklar tomonidan Janubiy Afrikadagi mahalliy ko‘chmanchi chorvadorlarga nisbatan qo‘llanilgan atamani ishlatgan.
“Oksford lug‘atida ko‘pincha mustamlakachilik davrida Janubiy Afrika xalqlariga nisbatan ishlatiladigan bu atama umumiy ma’noda arxaik va haqoratli hisoblanadi. Bu esa yosh tomoshabinni xafa qilishi yoki potensial huquqbuzarlikni anglamasdan ushbu so‘zlarni takrorlashiga sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi BBFC bayonotida.
Ma’lumot uchun, "Meri Poppins" musiqiy filmi 1965 yilda beshta "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘lgan, jumladan, eng yaxshi aktrisa va eng yaxshi qo‘shiqchi nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bir necha davlatlarda “Barbie”ga taqiq qo‘yilgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi