Britaniyadagi dengiz ko‘rfazidan 300 ming yillik ulkan boltalar topildi

Bu qiziq

image

Britaniyalik arxeologlar Britaniyaning Meduey daryosi bo‘ylaridan qadimgi davrga oid 800 dona tosh qurolni topdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Unda yozilishicha, jami topilmalarning yoshi 300 ming yildan ortiq bo‘lib, ularning umumiy soni 800 tani tashkil qilgan. Tosh qurollar qadimgi daryo o‘zani ostidan topilgan. Eng qiziqarli va katta topilmalardan biri bu deyarli 30 sm kattalikdagi qo‘l boltasi bo‘lgan.

Tosh davriga oid bu bolta chaqmoqtosh bo‘lagi bo‘lib, uning ikki tomoni simmetrik shaklda o‘yilgan. Bunday asboblar qo‘lda, hech qanday tutqichsiz ushlangan va hayvonlarning tana go‘shtini so‘yish uchun ishlatilgan.

London universitetiga qarashli kollejning (UCL) katta arxeologi Letti Ingrining so‘zlariga ko‘ra, qadimgi davrga oid topilma asboblarning uzunligi 22 sm dan ortiq bo‘lsa, ular ulkan deb hisoblanadi.

“Bu boltalar shunchalik kattaki, ularni qanday qilib osongina ushlab, ishlatish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Ayni paytda biz nima uchun ular shunchalik ulkan qilib yasalgani va ulardan qadimgi odamlar qanday foydalanganini bilmaymiz”, deya u qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, arxeologning ta’kidlashicha, bu kattalikdagi asboblar amaliy funksiyadan ko‘ra, marosimlarda ko‘proq xizmat qilgan. Qazish maydoni birinchi neandertal qabilalarini o‘z ichiga olgan Britaniyaning bugungi kungacha ma’lum bo‘lgan tarixidan oldingi davriga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘sha paytda Meduey daryosi vodiysi hozirgi ko‘rinishidan tubdan farq qilgan. Bu joy daryolar hamda o‘rmonli tepaliklardan iborat bo‘lib, bu ibtidoiy hududda kiyiklar, yovvoyi otlar va unchalik aniq bo‘lmagan ingliz sutemizuvchilari, masalan, hozirda yo‘q bo‘lib ketgan tishli fillar va hatto sherlar ham mavjud bo‘lgan.

UCL Arxeologiya instituti xodimi doktor Mett Papaning aytishicha, bu qazishmalar bundan chorak million yil avval muzlik davri landshafti qanday evolyutsiyani boshdan kechirganini bilish uchun katta imkoniyat beradi.

“UCL va Britaniyaning boshqa universitetlari mutaxassislari ishtirokidagi topilmalarni keyingi o‘rganish bizga bu joy nega ibtidoiy odamlar uchun muhim bo‘lganini va tosh qurollar, jumladan, ulkan boltalar ularga dunyo sharoitlariga moslashishga qanday yordam berganini tushunishga imkon beradi”, deya izohlagan u.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing