Britaniyada toza havoni sotish boshlandi

Bu qiziq

image

Buyuk Britaniyaning "My Baggage" kompaniyasi toza havoni shisha idishlarga to‘ldirib sota boshladi.

Xabarga ko‘ra, kompaniya bagaj (yuk) yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya 11 yildan buyon o‘z faoliyatini olib boradi. Uning asosiy mijozlari xorijga chiquvchi talabalar, emigrantlar va sport jamoalari hisoblanadi.

Yaqinda esa kompaniya yangilikka qo‘l urgan. U Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning toza havosini shisha idishlarga to‘ldirib sotishni boshlagan. Toza havoni sotib oluvchilar xorijga ketganda o‘z vatani havosidan to‘yib nafas olishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, toza havo to‘ldirilgan 0,5 litrlik shisha narxi 33 dollar. Bundan tashqari, kompaniya maxsus buyurtmalar orqali istalgan mamlakatning havosini keltirib berishga va’da bergan.

Ma’lumot o‘rnida, "My Baggage" bungacha "London metrosi havosi" va "Fish and Chip" restorani hidlarini ham shishaga joylab sotgan.

Avvalroq, Uoll-stritdagi (Nyu-York) Amerika fond birjasi birinchi marta suv bilan savdo qilishni boshlagani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya havo

Baholaganlar

383

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing