Toşkentda havo ifloslanişiga nima sabab bölgani aytildi

Bu qiziq

−

image

Özbekistonda, xususan, Toşkent şahrida kuzatilayotgan havo ifloslanişiga noqulay meteorologik şaroitlar va tabiiy omillar ham sabab bölmoqda. Bunda yoğingarçilikning kamligi, şamol va atmosfera havosining tabiiy almaşinuvi bilan boğliq jarayonlar muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Iqlim özgarişi milliy markazi direktori Farrux Sattarov ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, joriy yil oktyabr oyining 26-kuniga qadar Toşkent şahrida atigi 3,9 millimetr yoğingarçilik kuzatilgan. Oylik me’yor esa 23,7 millimetrni taşkil etadi. Demak, yoğingarçilik miqdori me’yorga nisbatan qariyb 6 baravar kam bölgan. Yoğingarçilik kamligi havodagi çang zarralarining yuvilib ketiş jarayonini susaytiradi va ularning atmosferada töplanişiga şaroit yaratadi.

Ilmiy kuzatuvlarga köra, sönggi ön yillikda atmosfera havosining tabiiy almaşinuvi bilan boğliq jarayonlarda ham özgarişlar kuzatilgan. Xususan, sovuq yarim yillikda kuçli şamol va yoğingarçilikning kamligi bilan boğliq noqulay meteorologik şaroitlar oldingi yillarga nisbatan 57 foizga köpaygan. Bunday şaroitlar havoning tabiiy ravişda tozalanişini qiyinlaştirişi mumkin.

“Ma’lumki, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tomonidan havo sifatidagi özgarişlar, tabiiy omillarning hududlarga kirib kelişi va ularning atmosfera havosi sifatiga ta’siri nafaqat monitoring stansiyalari, balki sun’iy yöldoşlar orqali ham kuzatib boriladi. Mutaxassislar havo sifatidagi özgarişlarni nafaqat yer ustidagi monitoring stansiyalari, balki sun’iy yöldoş tasvirlari orqali ham kuzatib bormoqda”, deyiladi xabarda. 

Bildirilişiça, oktyabr oyining 1–26-kunlari böyiça SILAM (atmosfera tarkibi va havo sifatini modellaştiriş hamda prognoz qiliş uçun möljallangan xalqaro kompyuter tizimi) modeli asosida sun’iy yöldoş tasvirlari tahlil qilinib, ular AQI havo sifati indeksi bilan soliştirilgan. Tahlillar çang massalari Toşkent şahri va unga tutaş hududlarga kirib kelgan davrlarda havo sifati indeksining ham kötarilganini körsatmoqda. Masalan, oktyabr oyining 4–5-kunlarida yoğingarçilik kuzatilgan va AQI indeksi 66–71 darajada bölgan. Oyning keyingi kunlarida esa yoğingarçilik kamligi va çang massalarining töplanişi fonida havo sifati yomonlaşgan.

Yevropaning EUMETSAT platformasi (ob-havo, iqlim va atrof-muhitni kosmosdan kuzatişga ixtisoslaşgan Yevropa meteorologiya sun’iy yöldoş agentligi) hamda Meteosat sun’iy yöldoşidan olingan tasvirlarda 25–26 oktyabr kunlari Toşkent şahri va uning atrofidagi hududlarda yirik çang massalari kuzatilgan. Uşbu jarayon Toşkent şahri va viloyati, şuningdek, qisman Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini qamrab olgan.

Mutaxassislar prognoziga köra, çang massalarining ta’siri va havo ifloslanişi bilan boğliq noqulay şaroitlar kelgusi haftaning boşigaça davom etişi mumkin.

“Ta’kidlaş joizki, havo sifati yomonlaşuviga turli omillar ta’sir körsatadi. Şu bois vaziyatni töğri baholaşda meteorologik şaroitlar, çang massalarining harakati va monitoring ma’lumotlarini birgalikda tahlil qiliş muhim hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Toşkentda keça, 25 oktyabrdan bugun, 26 oktyabrga ötar keçasi havo sifati yomonlaşib, PM2.5 zarraçalari bilan ifloslaniş darajasi xalqaro havo sifati indeksi böyiça “nosoğlom” va “juda nosoğlom” toifalarga yetgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing