Toşkentda havo sifati “noqulay” darajaga yetdi
Bu qiziq
−
26 Oktyabr 1194 2 daqiqa
Toşkentda keça, 25 oktyabrdan bugun, 26 oktyabrga ötar keçasi havo sifati yomonlaşib, PM2.5 zarraçalari bilan ifloslaniş darajasi xalqaro havo sifati indeksi böyiça “nosoğlom” va “juda nosoğlom” toifalarga yetdi. Bugun, 26 oktyabr kuni ham havo sifati xalqaro indeks böyiça “nosoğlom” darajada saqlanişi kutilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tunda havo haroratining keskin pasayişi, şamolning kuçsizligi va kuçli harorat inversiyasi sabab atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvi çeklangan. Oqibatda PM2.5 va PM10 mayda zarraçalari yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib, havo ifloslanişi tun davomida va ertalab yuqori darajada saqlanib qolgan.
Meteosat sun’iy yöldoşi tasvirlarida 26 oktyabr kuni soat 00:00 dan 08:00 gaça Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda havoda çang kuzatilgan.
Şuningdek, maxsus mobil laboratoriyada atmosfera havosi holati ölçangan. Kuzatuv punktlarining aksariyatida PM2.5 zarraçalari bilan ifloslaniş darajasi xalqaro havo sifati indeksi böyiça “nosoğlom” va “juda nosoğlom” toifalarga mos kelgani qayd etilgan.
Milliy havo sifati indeksi böyiça esa Toşkentda PM2.5 körsatkiçi “sariq”, PM10 körsatkiçi “zarğaldoq” darajada bölgan. Bugun havo sifati milliy indeks böyiça “sariq” darajada saqlanişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 23 oktyabrdan 24 oktyabrga ötar keçasi Toşkentda havo sifati yomonlaşgandi. Ayrim hududlarda havoning ifloslaniş darajasi xalqaro havo sifati indeksi böyiça “nosoğlom” va “juda nosoğlom” toifalariga mos kelgandi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr