Britaniyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyaning 16 nafar fuqarosida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda

Qayd etilishicha, koronavirusning yangi SARS-CoV-2 variantiga hali nom berilmagan. Ammo shifokorlar uni “turist” deb atashadi. Bunga sabab koronavirus bilan kasallangan shaxslar xorijdan qaytgan. 

Angliya sog‘likni saqlash agentligining ta’kidlashicha, ushbu mutatsiyaga  B.1.621 raqam berilgan. Hozirda ushbu shtamm o‘rganilmoqda. 

Endi mutaxassislar ushbu yangi shtamm virusga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishlari kerak. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mavjud bo‘lgan vaksinalar  B.1.621 shtammidan himoya qila oladi deyishga hali erta.

Aytish joizki, hozirda butun dunyoda koronavirusning “delta” shtammi keng tarqalmoqda va bu shtamm boshqalariga qaraganda ancha xavfliroq. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining ta’kidlashicha, ushbu shtamm boshqa shtammlarga dominantlik qilishi mumkin.

“Ushbu shtamm Yevropa davlatlarida allaqachon aniqlangan va yangi raqobatdosh virus paydo bo‘lmagungacha tarqalishda davom etaveradi”, deydi Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti o‘z bayonotida. 

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus yaqinda koronavirusning “delta” shtammidan ham xavfli shtammi paydo bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya yangi shtamm

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing