Britaniyada COVID-19 ning yangi shtami tarqaldi

Salomatlik

image

Buyuk Britaniyada bo‘g‘iq ovoz ko‘rinishidagi alomatga ega bo‘lgan Stratus koronavirusining yangi shtami tarqaldi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi (UKHSA) ma’lumotlariga ko‘ra, Stratus'ning ikkita varianti mavjud: XFG  va XFG.3. Ular COVID-19  holatlarining qariyb 30 foizini tashkil qiladi.

“The Independent” nashrining yozishicha, immunitetning zaiflashishi va emlanganlar sonining kamayishi tufayli odamlar yangi shtamm bilan kasallanishga moyil bo‘ladi.

Ba’zi ekspertlar Stratus ham vaksina immunitetidan qochishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 22 iyun holatida Stratus dunyo bo‘ylab COVID bilan kasallanganlarning 22,7 foizida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi COVID-19 pandemiyasi qanday boshlanganini aniqlay olmagandi.

Marjona Murodova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Britaniya COVID-19 UKHSA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing