Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Britaniyada 82 kishi ozdiruvchi doridan vafot etdi

Olam

image

Buyuk Britaniyada qandli diabet va vazn yo‘qotish uchun dori qabul qilib, vafot etganlar soni 82 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Dorilar va sog‘liqni saqlash mahsulotlarini nazorat qilish agentligi ma’lumotlariga tayanib, “Independent ” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya Dorilar va sog‘liqni saqlash mahsulotlarini nazorat qilish agentligi joriy yilning 31 yanvarigacha  Daniyaning Novo Nordisk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Wegovy va Ozempic hamda AQSHning Elo Lilly farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqargan Mounjaro preparatidan  o‘lganlar sonini hisoblagan. Unga ko‘ra, vazn yo‘qotish uchun bu dorilarni qabul qilib o‘lganlar 22 kishini qayd etgan bo‘lsa, yana 60 ta o‘lim 2-toifa diabetni davolash uchun ushbu dorilarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan.

“Vazn yo‘qotuvchi dorilar nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lishi mumkin va ularni onlayn olishdan avval, malakali sog‘liqni saqlash mutaxassisi bilan maslahatlashishni tavsiya beramiz” , deydi NHS tibbiyot direktori, professor Stiven Pauis

Ozempic va Wegovy  dorilarini ishlab chiqaradigan Novo Nordisk kompaniyasi vakilining ta’kidlashicha, dorilar tasdiqlangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha olinishi va sog‘liqni saqlash mutaxassisi tomonidan nazorat qilinishi kerak.

“Bemor xavfsizligi Novo Nordisk uchun juda muhim. Biz doimiy ravishda sotiladigan bu dori vositalarining xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘amiz va bemorlar xavfsizligini ta’minlash uchun rasmiylar bilan yaqindan hamkorlik qilamiz. Ushbu ish doirasida biz muntazam dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari haqidagi xabarlarni kuzatishda davom etamiz”, deya qo‘shimcha qilgan kompaniya vakili.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Buyuk Britaniya ortiqcha vaznli bemorlarning ish joyiga qaytishiga yordam beradigan vazn yo‘qotuvchi dorini sinovdan o‘tkazishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Britaniya ozdiruvchi dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing