Britaniya zarurat bo‘lsa, “Tolibon” bilan ishlaydi — Jonson

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson “Tolibon” harakati vakillari bilan Afg‘onistondagi inqirozni diplomatik va siyosiy yo‘l orqali hal qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 

“Men odamlarni ishontirmoqchimanki, biz Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilishda davom etamiz va albatta, agar kerak bo‘lsa, “Tolibon” bilan ishlaymiz”, degan Jonson.  

Shu bilan birga, Britaniya Bosh vaziri, “Tolibon”ning bayonotlariga ishonish mumkin, deb hisoblaydi. 

“O‘ylaymanki, biz odamlarni so‘zma-so‘z tushunishimiz juda muhim, umid qilamizki, ular aytganlariga erishadi”, degan Jonson. 

Shuningdek, Bosh vazir Afg‘onistondagi vaziyat biroz yaxshilanganiga ishonmoqda. 

“Vaziyat biroz yaxshilanmoqda va biz Qobul aeroportida barqarorlikni ko‘ryapmiz. Kecha biz mingga yaqin odamni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldik, bugun yana minglab odamlar bor va ularning ko‘plari Buyuk Britaniyaga qaytish uchun qonuniy huquqlarga ega”, degan kecha, 20 avgust kuni Bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” joriy yilning 15 avgust kuni butun Afg‘oniston hududini o‘z nazoratiga olganini va hukumat kuchlari bilan qurolli to‘qnashuv tugaganini xabar qildi. 19 avgust kuni esa harakat mamlakatning Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lganining 102 yilligi munosabati bilan Afg‘onistonni Islom Amirligi, deb e’lon qildi.

2001 yil Afg‘onistonga kirgan AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining asosiy qismi mamlakatni tark etdi. G‘arb davlatlarining Qobulda qolgan kuchlari diplomatlarni va o‘zlariga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish bilan band. “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda 20 yil davom etgan urush tugaganini e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Britaniya

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing