Britaniya O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi
Olam
−
07 noyabr
8018Bugun, 7 noyabr kuni Buyuk Britaniya hukumatining yangilangan sanksiyalar ro‘yxatiga O‘zbekiston va Qozog‘istonning bir nechta kompaniyalari ham qo‘shildi. Bu haqda qirollik hukumatining sanksiyalar bo‘yicha sahifasida keltirilgan.
Jumladan, MDH mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan StanexGroup xoldingi tarkibiga kiruvchi Uzstanex LLP kompaniyasi sanksiyaga uchragan. Kompaniya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda dastgohlarni sotish va sozlash bilan shug‘ullanadi. Britaniya hukumati Uzstanex LLP nega sanksiyaga duchor bo‘lganini kompaniya Ukrainani beqarorlashtirish yoki uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligiga putur yetkazishda ishtirok etgan, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatgan yoki Ukrainaning beqarorlashuviga yoki uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar, iqtisodiy resurslar, tovarlar yoki texnologiyalarni taqdim etgan mazmunidagi vajlarni sabab qilib ko‘rsatgan.
Shuningdek, Buyuk Britaniya xuddi shunday asos bilan Qozog‘istonning CPS Energy LLP, TOO TawKZ va Rabadaziya LLP kabi kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH ham O‘zbekistondagi ikkita kompaniya – Uzstanex va The Elite Investment Group'ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Savdo tashkilotlarining yagona davlat reyestriga ko‘ra, Uzstanex 2018 yil iyul oyida ro‘yxatdan o‘tgan va mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan kompaniyaning ustav fondi 65 million so‘mni tashkil etadi. Firmaning yagona ta’sischisi – Vasiliy Vitalevich Abramov, uning direktori – Dmitriy Aleksandrovich Boysov.
LiveBarchasi