Britaniya razvedka samolyoti Rossiya yaqinida ayg‘oqchilik qildi

Olam

image

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Qirollik harbiy-havo kuchlarining razvedka samolyoti “NATOning sharqiy chegarasini kuzatish uchun” Rossiya bilan chegarada 12 soatlik parvozni amalga oshirdi. Bu haqda Qirollik harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

RC-135 Rivet Joint elektron razvedka samolyoti va P-8A Poseidon dengiz patrul samolyoti Uzoq Shimoldan Rossiya bilan chegara bo‘ylab qariyb 10 ming mil uzoqlikda, Belarus va Ukrainani ham kesib o‘tdi.

Qayd etilishicha, operatsiya o‘tgan oy davomida Rossiya dronlari va samolyotlarining NATO havo hududiga takroriy bostirib kirishi, jumladan, Polsha, Ruminiya va Estoniyadagi voqealardan so‘ng amalga oshirilgan. Ikkala samolyot ham turli usullar yordamida razvedka ma’lumotlarini yig‘ish, operativ xabardorlikni oshirish va tahlil qilish maqsadida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan.

Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Britaniya samolyotlari va boshqa NATO ittifoqchilari jamoaviy mudofaa tamoyillariga sodiqligini namoyish qilib, qo‘shma missiyani bajargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning uchta MiG-31 qiruvchi samolyoti Vayndlo oroli yaqinidagi Finlyandiya ko‘rfazi orqali Estoniya havo hududiga ruxsatsiz kirib borgandi va u yerda taxminan 12 daqiqa qolgandi. Bu 2025 yilda Rossiya samolyotlarining Estoniya chegarasini to‘rtinchi marta buzishi edi. 7 sentyabr kuni Mi-8 vertolyoti ham Vayndlo oroli yaqinida Estoniya havo hududini buzgan edi. 22 iyun kuni esa xuddi shu mintaqada Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Il-76 transport samolyoti Estoniya havo hududiga ruxsatsiz kirgandi.

Chexiya Prezidenti Petr Pavel esa Rossiya kuchlari tomonidan havo hududi buzilgan mamlakatlarga Rossiya samolyotlarini urib tushirishni maslahat bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO RC-135 Rivet Joint P-8A Poseidon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing